«maktab o‘quvchisi» tegli maqolalar


Toshkentda o‘quvchisi tok urishidan vafot etgan maktabning direktori va uning o‘rinbosariga hukm o‘qildi
17 aprel 2024, 11:39

Toshkentda o‘quvchisi tok urishidan vafot etgan maktabning direktori va uning o‘rinbosariga hukm o‘qildi

O‘tgan yili Toshkent shahridagi 99-maktabda o‘quvchining elektr toki urishi oqibatida vafot etgani ortidan maktab ma’muriyatiga sud hukmi chiqarildi. Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari 4 yilga qamaldi, direktorga esa 4 yilga ozodlikni cheklash jazosi berildi.

Toshkentdagi maktab o‘quvchisining o‘limiga elektr toki urishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin — Bosh prokuratura
28 noyabr 2023, 13:37

Toshkentdagi maktab o‘quvchisining o‘limiga elektr toki urishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin — Bosh prokuratura

Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, Toshkent shahridagi 99-maktabda o‘qigan 8-sinf o‘quvchisining o‘limiga elektr toki urishi sabab bo‘lgan. Avvalroq Maktab boshqarmasi o‘quvchi elektr tokidan jarohat olmaganini ma’lum qilgandi, bir muddat o‘tib, xabarning bu qismi o‘chirib tashlandi.

Farg‘onada maktab o‘quvchisi 5 yoshli bolani otib qo‘ydi
26 sentabr 2023, 09:39

Farg‘onada maktab o‘quvchisi 5 yoshli bolani otib qo‘ydi

Qo‘shtepa tumanida maktab o‘quvchisi 5 yoshli bolani pnevmatik qurol bilan otib qo‘ydi. 5 soat davom etgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng bolaning ahvoli yaxshiligi aytilmoqda. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda.

Toshkentda 19 yoshli o‘quvchi tanishini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi
24 may 2023, 16:51

Toshkentda 19 yoshli o‘quvchi tanishini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi

Olmazor tumanida 19 yoshli maktab o‘quvchisi tanishini pichoqlab o‘ldirdi. Voqeaga ularning telefon talashishi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentdagi maktablarning birida 8-sinf o‘quvchisi vafot etdi
11 aprel 2023, 15:38

Toshkentdagi maktablarning birida 8-sinf o‘quvchisi vafot etdi

Mirobod tumanidagi 110-maktabning 8-sinf o‘quvchisi vafot etdi. Uning o‘limiga oshqozon osti beziga keng ko‘lamli qon quyilishi, o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Toshkentda o‘quvchining qo‘lidan ushlab, shubhali harakat qilgan erkak qamaldi
22 fevral 2023, 09:42

Toshkentda o‘quvchining qo‘lidan ushlab, shubhali harakat qilgan erkak qamaldi

Yashnobod tumanidagi 151-maktab yaqinida mast holda o‘quvchining qo‘lidan ushlab, shubhali harakat qilgan erkak 10 sutkaga qamaldi. «Shoshilib yugurib ketayotganida to‘xta, yiqilib tushasan, degan ma’noda to‘xtatgandim», — deydi u.

Poytaxt IIBB noma’lum shaxs maktab o‘quvchisining qo‘lidan ushlab olgan videoga izoh berdi
20 fevral 2023, 16:21

Poytaxt IIBB noma’lum shaxs maktab o‘quvchisining qo‘lidan ushlab olgan videoga izoh berdi

Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi maktab yaqinida 12 yoshli o‘quvchining qo‘lidan ushlab olgan erkakning shaxsi aniqlandi. Tuman ichki ishlar xodimlari holatni o‘rganmoqda.

Toshkentda o‘quvchi maktab devori bosib qolishi oqibatida vafot etdi
3 avgust 2022, 10:24

Toshkentda o‘quvchi maktab devori bosib qolishi oqibatida vafot etdi

Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 234-sonli maktabda o‘quvchini devor bosib qolgani, maktab ma’muriyati esa o‘quvchining o‘limini yashirishga uringani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, hozirda qo‘shimcha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Andijonda o‘z joniga qasd qilishga uringan 5 o‘quvchi qutqarib qolindi
19 may 2022, 16:25

Andijonda o‘z joniga qasd qilishga uringan 5 o‘quvchi qutqarib qolindi

Andijon viloyatida 2022 yilning dastlabki uch oyida 10 nafar maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qilgan. Ulardan 5 nafarining hayoti qutqarib qolingan.

Qashqadaryoda 10-sinf o‘quvchisi o‘z joniga suiqasd qildi
17 mart 2022, 11:02

Qashqadaryoda 10-sinf o‘quvchisi o‘z joniga suiqasd qildi

Nishon tumanida 17 yoshli maktab o‘quvchisi fermer xo‘jaligi dalasidagi daraxtga o‘zini osib qo‘ydi. Qizning ruhiyatida o‘zgarishlar bo‘lganligi aytilmoqda. Tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.

8 sinf o‘quvchisi bilan jinsiy aloqa qilgan jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va uning sheriklariga hukm o‘qildi
12 noyabr 2021, 17:18

8 sinf o‘quvchisi bilan jinsiy aloqa qilgan jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va uning sheriklariga hukm o‘qildi

Toshkentda 15 yoshli maktab o‘quvchisi bilan jinsiy yaqinlik qilgan jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va uning ikki nafar sherigi ushbu jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Sud o‘qituvchini 4 yilga, uning sheriklarini esa 2 yilga ozodlikdan mahrum etdi.

Yuk poyezdi urib yuborgan 11-sinf o‘quvchisi shifoxonada vafot etdi
20 mart 2021, 14:49

Yuk poyezdi urib yuborgan 11-sinf o‘quvchisi shifoxonada vafot etdi

Payshanba kuni maktabdan uyiga qaytayotgan o‘quvchini yuk poyezdi urib yubordi. U sinfdoshlarini kutib turganida sumkasi yuk poyezdiga tegib, uni sudrab ketgan. O‘quvchi bosh qismidan jarohat olgan. U shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramasdan vafot etgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting